Xalq o‘qituvchisi pensiyani ham, oylikni ham to‘liq oladi
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan berilgan faxriy unvonlari bo‘lgan ishlab turgan pensionerlar, ya’ni "O‘zbekiston Respublikasi xalq... (o‘qituvchisi, ustasi, artisti va boshqalar), "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan... (madaniyat xodimi, fan arbobi va boshqalar)ga pensiya pullari to‘liq miqdorda ish joylari orqali to‘lanadi.
Bundan tashqari, asosiy ish bilan band bo‘lmagan va ijodiy ishlari bo‘yicha daromad (gonorar) olgan pensionerlarga ham olgan daromadlarining miqdoridan qat’i nazar, pensiyalari 100 foiz to‘lab beriladi.
Farmonga ko‘ra, ilgari tayinlangan va to‘langan pensiya ishlari qayta tekshiruvdan o‘tkazilganda aniqlangan ortiqcha to‘lovlardan voz kechish ham belgilangan. Bunda asosiy talab 65 yoshdan o‘tgan pensionerlarda aniqlangan ortiqcha to‘lovlar bo‘lsa hamda 2010 yilga qadar tayinlangan pensiya ishlaridan xato va kamchiliklar aniqlanib, ortiqcha to‘lovlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, ushbu qarzdorlik summalaridan voz kechiladi.
***
Prezidentimizning 2017 yil 29 dekabrdagi "Xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risida"gi Qaroriga ko‘ra, 2018 yil 1 yanvardan boshlab mulkchilik shaklidan qat’i nazar tibbiyot tashkilotlarida ishlovchi shifokor-pensionerlarga pensiya to‘liq miqdorda to‘lanadi.
Abdurashid RAHIMOV,
byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i.