“Yosh kitobxon”lar saralanyapti

Samarqand shahridagi yoshlar markazi hamda tumanlarning belgilangan joylarida “Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

20-22 may kunlari o‘tkaziladigan tanlovning mazkur bosqichida 50 ta test savollari orqali yoshlarning bilimi aniqlanadi. Har bitta to‘g‘ri javob uchun ishtirokchilarga 2 balldan beriladi. Jami 86 balldan yuqori ko‘rsatkich qayd etgan yigit-qizlar esdalik sovg‘alari va tanlovning keyingi bosqichiga yo‘llanma oladi.