Bulung‘ur tumani hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi tayinlandi

Bulung‘ur tuman hokimining 3 avgustdagi tegishli farmoyishiga binoan Umarov Sharifxon Saidxon o‘g‘li tuman hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasiga tayinlandi. Bu haqda Bulung‘ur tumani hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Sh.Umarov 1991 yilda Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2016 yilda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutini tamomlagan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur vazifa 2020 yil 20 maydan buyon vakant qolayotgan edi.