Xalqaro oila kunida mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi uyli bo‘ldi

Mehribonlik uyida tarbiyalangan Zarshed Roziqov 15 yildan buyon tayinli boshpanasiz, oilasi bilan yotoqxonalarda yashab kelayotgandi. Bugun ushbu oilaga Xalqaro oila kuni munosabati bilan ikki xonali uy ajratildi.
- Oilam, ya’ni uch nafar farzandim bilan bir necha yildan beri qiynalib kelayotgandik, - deydi Z.Roziqov. – Shuning uchun viloyat hokimiga murojaat qilishga majbur bo‘ldim. Mana bugun barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan uyga ega bo‘ldik. Ushbu uyning boshlang‘ich to‘lovi to‘lab berildi. Qolganini ishlab, o‘zim to‘layman.
Zarshed mutasaddilar ko‘agida o‘ziga ma’qul bo‘lgan ishga ham joylashtirildi.