To‘yga ko‘p kelgani yaxshimi yoki kim kelgani?
To‘y — xalqimizning eng ezgu va muqaddas qadriyatlaridan biri. Bu shunchaki ikki yoshning oila qurishi yoki dasturxon atrofida taomlanish emas, balki avlodlar davomiyligi, ijtimoiy birlik va quvonchni baham ko‘rish marosimidir. Ammo keyingi yillarda «To‘yga ko‘p kelgani ma’qulmi yoki kim?» degan savol nafaqat iqtisodiy, balki ma’naviy va psixologik bahslar markaziga aylandi.