Maktabdan reportaj: Xonalar sovuq, davomat past
- 18.01.2023 13:54
- 820
- Ta’lim
Bugun, 18 yanvardan viloyatdagi barcha maktablarda darslar boshlandi. Ammo bugun ham ko‘p o‘quvchi darsga kelmagan. Kecha viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, barcha ta’lim muassasalarini isitish, elektr energiyasi, tabiiy gaz bilan ta’minlash chorasi ko‘rilgani haqida aytilgan edi. Ammo...
Ammo ba’zi maktablarda sinfxonalar isitilmayapti. Jumladan, Samarqand shahridagi 45-maktabda ikki navbatda 2268 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Bugun birinchi navbatda 1241 nafar o‘quvchidan 118 nafari darsga kelgan, xolos. Maktab sinfxonalari sovuq, suv muzlaganligi sababli isitish tizimi qo‘shilmagan. Sinfxonalar sovuqligidan ota-onalar farzandlarini maktabdan olib ketyapti.
Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: shahar markazidagi maktabda sinfxonalar isitilmayapti ekan, qishloq maktablarida ahvol qanday?
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Farroshni emas, o‘zingizni qadrlang!
- Kecha, 16:07
- Jamiyat
“Oxranka”ni titratgan maqola
- Kecha, 15:11
- Mutolaa