“ZENTECH” MCHJ “ZIFFLER” savdo do‘koni  orqali sotilgan mahsulot savdodan chaqirilayotganligini ma’lum qiladi

#Reklama
Mahsulot nomi: Bug‘li dazmol;
Mahsulot brendi nomi: “Haley”;
Model turi: “HY-233C”
Ishlab chiqaruvchi mamlakat nomi: Xitoy.

To‘ldiruvchi xususiyatlar: Mahsulot “Haley” yozuvi tushirlgan polietilen qoplarga solingan holda, dazmollar va erkaklar kuylaklari rasmi tushirilgan holda rangli bezatilgan karton qadoqlarga joylangan;
Savdodan chaqirish sababi: Quvvat simlarining nominal ko‘ndalang kesimi maydoni hamda yerga ulash birikmasining va yerga ulangan metall qismlarning qarshiligi ko‘rsatkichlarining belgilangan talablarga nomuvofiqligi aniqlanganligi uchun;
Xavfsizlik choralari: Mahsulotdan foydalanishni darhol to‘xtating.
SAVDODAN QAYTARISH TARTIBI:
- chaqirilayotgan mahsulotlarni quyidagi manzilga qaytarishingiz mumkin: Samarqand shahri Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 17-“A”  uy. Mo‘ljal: “American Optical” ro‘parasida;
- qaytarish uchun quyidagi hujjatlar kerak bo‘ladi: chek, mahsulot qutisi;
- mahsulot qiymati to‘liq qaytariladi yoki almashtiriladi;
- mahsulotlarni qaytarib olish muddati mazkur xabar e’lon qilingan kundan boshlab, 2 hafta davomida.
Aloqa uchun telefon: +99897-351-27-27.
Ushbu e’lonni yaqinlaringizga ham yetkazing.