Amerikalik hindular Baykaldanmi?

Shu paytgacha tub amerikaliklarning ajdodlari makoni shimoli-sharqiy Sibir hisoblanib kelinardi, deb yozadi “AiF” (2021 y. 3-son) haftanomasi.

 - Ular o‘sha yerdan Bering ko‘rfazi sohili orqali Alyaska quruqligiga o‘tishgan. Yaqinda xalqaro olimlar guruhi Sibirda 4 ming yil muqaddam yashagan 19 kishining DNK namunalarini tadqiq qildi. Bionamunalar orasida Baykal ko‘lidagi Ust-Kyaxta-3 g‘oridan topilgan tish ham bor. Genda yuqori paleolit, tosh davridan keyinroq va bronza asri boshlarida Baykal hududidagi ovchi birodarlarning tub amerikaliklar bilan aynan o‘xshashlik alomatlari aniqlanmadi.

Irsiy tadqiqot tarixiy davrga qadar aholisining genofond o‘xshashligi Amerikaga ko‘chib o‘tgan birinchi aholi asli Baykaldan ekanligini ko‘rsatadi.

O‘zi o‘chadigan sigaret paydo bo‘ldi

Rossiyada kashandalar o‘zi o‘chadigan sigareta chekishga o‘tishlari kutilmoqda. Sog‘liqni saqlash va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari sigaretalarni o‘zi o‘chadigan bo‘lishini talab qilmoqda.

“Rossiyalik chekuvchilar yangi turdagi ushbu sigaretalar bilan 2023 yildan xumorlarini bosishlari mumkin”, deydi xabarda “AiF” (2021y. 3-son).

Yangi sigareta juda oddiy: agar chekuvchi uni uzoq ichiga tortib turmasa, u o‘chib qoladi. Buni sigareta qog‘ozga qo‘yilgan xalqa shaklidagi moslama ta’minlaydi. Ammo ekspertlarning ta’kidlashicha, bunday sigaretalar ishlab chiqarish qimmatga tushadi.

Bir quti sigaretaning narxi hozircha 1 rubl atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bundan avval olimlar sigareta ta’mini beradigan elektron sigaretalar yaratishgandi. Biroq bu kashandalar sonini kamayishiga olib kelmadi. Agar odamlar o‘z sog‘ligini xarob qiladigan illat – chekishdan ongli ravishda voz kechishmas ekan, boshqa har qanday chora kutilgan natijani bermaydi, deydi shifokorlar.

T.Shomurodov tayyorladi.