Avstraliyada sichqon ko‘payib ketdi

Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtati hukumati Hindistondan dahshatli tarzda tez tarqalayotgan sichqonlarga qarshi kurashish uchun 5 ming metr kuchli zahar-bromadiolon sotib olmoqda. Ushbu kimyoviy doridan foydalanish barcha hayvonlarni qirib yuborishi sabab taqiqlangan. U bugun fermerlar foydalanayotgan zaharli dorilardan to‘rt marta kuchli.

Это ужасно действует на психику» Австралию атаковали миллиарды мышей. Они  устраивают пожары и кусают детей по ночам: Звери: Из жизни: Lenta.ru

Ammo vaziyat og‘ir, deb xabar beradi «Mir novostey» (2021 y 23-son). Agar muammo hal etilmasa, mamlakat ijtimoiy va iqtisodiy inqiroz bilan to‘qnash kelishi mumkin. Sichqonlar hosilni yeb bitiryapti, ular tufayli odamlarga uylarda joy qolmayapti. Uy-joylariga o‘t qo‘yishmoqda. Fermerlardan biri Kolin Tink suv qopqonga bir kecha 7500 ta sichqonni tushirganini aytdi. Yangi Janubiy Uels qishloq xo‘jaligi vaziri Adam Marshall vatandoshlarini xatarli ofat bostirib kelayotgandan ogohlantirdi. Fermerlarga sichqonlarga qarshi bepul vositalar tarqatilmoqda.

Kemiruvchilar 44 telekommunikatsion minorani ishdan chiqardi va hukumat serverlaridan birini uzib qo‘ydi. Vazir sarosima bilan sichqonlar bugun hamma joyda – oshxonalarda, kiyim-kechaklar, ko‘rpa-to‘shaklarda urchib borayotgani, elektr simlarni kemirib tashlayotganini ma’lum qildi. Hukumat ular bilan kurashga 50 million dollar ajratdi. Ammo bu ko‘rilayotgan milliardlab dollar zarar oldida arzimas chaqadir.

Это ужасно действует на психику» Австралию атаковали миллиарды мышей. Они  устраивают пожары и кусают детей по ночам: Звери: Из жизни: Lenta.ru

Sichqonlar supermarketlarga tajovuz qilmoqda, oziq-ovqat omborlarini ship-shiydam qilyapti. Avgustda ular Sidneyga bostirib kirishi kasallik - leptosiprioz va O-virusdan kasallana boshladi. Bu kasallik insonni bir necha kunda o‘ldirishi mumkin.

Ekspertlar bu “maxluq”lar bosqini 2 yilga cho‘zilishini aytishmoqda va unga qarshi kurash uchun mushuklarni ko‘paytirishni maslahat bermoqda.

T.Shomurodov tayyorladi.