Bolalar aravachasini o‘g‘irlagan shaxs aniqlanib, qo‘lga olindi
Shu yilning 9 avgust kuni Samarqand viloyatining Tayloq tumanida yashovchi 27 yoshli F.I. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu yil 1 avgustga o‘tar kechasi noma’lum shaxs uning uyi eshigi oldidan cho‘ntagida 1 200 000 so‘m puli bo‘lgan bolalar aravachasini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan. Holat yuzasidan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Birlik mahallasida yashovchi 24 yoshli Sh.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.