Boshqaruv servis kompaniyalariga 6,7 milliard so‘m undirib berildi
Boshqaruv servis kompaniyalari foydasiga amalda undiruv tadbirlarini yanada jadallashtirish maqsadida, Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi hamda Samarqand shahar bo‘limining 59 nafar xodimidan iborat 19 ta tezkor guruh tuzilgan.
Joriy yilning o‘tgan davrida kompaniyalar foydasiga undiruv bilan bog‘liq 12,9 milliard so‘mlik 13129 ta ijro hujjati bo‘yicha majburiy ijro harakatlari olib borilib, 6,7 milliard so‘mlik 8785 tasining ijrosi ta’minlandi.
O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 64-moddasiga muvofiq 1,6 milliard so‘mlik 997 ta ijro hujjati bo‘yicha undiruv qarzdorlarning oylik ish haqi va boshqa davromadlariga qaratilgan. Qoldiqdagi 6,2 milliard so‘mlik 4349 ta ijro hujjati bo‘yicha majburiy ijro harakatlari davom etmoqda.
Shaxram JO‘RAYeV,
byuroning viloyat boshqarmasi inspektori.