Bulung‘urda gaz ta’minoti xodimi qo‘lga olindi 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi hamda Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda “Bulung‘ur tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mahallada ishlash xizmati gazchisi S.X. fuqaro M.B.ning xonadonida ko‘rik davomida tabiiy gaz ta’minotidan aniqlangan 1,6 mln. so‘m zararni 14 mln. so‘m ekanligini aytib, go‘yoki ushbu zarar miqdorini kamaytirib berishi evaziga M.B.dan 4,4 mln. so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.