"COP-14"dan nimalar kutilyapti?

12–17 fevral kunlari Samarqand shahrida Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha konvensiya ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Global tadbirda 1500 dan ortiq ishtirokchilar, jumladan, turli mamlakatlar hukumatlari, xalqaro tashkilotlar, ilmiy doiralar va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari yig‘iladi.
CMS Biologik xilma-xillik bo‘yicha Kunming-Monreal global dasturini amalga oshirish uchun muhim ahamiyatga ega. "COP-14"da delegatlar ko‘chib yuruvchi hayvonlar uchun asosiy tahdidlar va ularni asrashga qaratilgan yangi ilmiy ma’lumotlarni ko‘rib chiqadilar.