Deputat saylovchilar huzurida
Paxtachi tumani Toma mahallasida Oliy Majlis Senati a’zosi, xalq deputatlari viloyat Kengashiga 37-Sultonobod saylov okrugidan saylangan deputat Farmon Toshev saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda F.Toshev dastlab Senat tomonidan qabul qilingan yangi qonun va mavjud qonunlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, ularning mazmun-mohiyati, fuqarolarga yengillik yaratish bo‘yicha qilingan hujjatlar ekani haqida tushuncha berdi.
Shuningdek, saylovchilarga deputat sifatida shu yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida hisobot berdi.
Ta’kidlanganidek, deputat nomiga 20 dan ziyod turli sohalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan, ularning aksariyati joyida hal etilgan, ayrimlari yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlari nomiga deputatlik so‘rovlari jo‘natilib, ijobiy hal etilgan.
Uchrashuv davomida F.Toshev saylovchilarni o‘ylantirayotgan muammolar bilan qiziqdi. Deputat bilan birga tuman hokimi M.Hamdamovning ishtirok etgani ayrim muammo va takliflarning joyida hal etilishini, vaqt talab qiladigan masalalar esa muammoga aloqador tashkilot mas’ullarining o‘rganishlaridan so‘ng bartaraf etilishi aytildi.