Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlik qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Diyora Keldiyorovaga agentlik bilan hamkorlikda bir qancha loyihalarni amalga oshirishni taklif qildi.
Bu haqida Shahnoza Mirziyoyeva o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida ma’lum qilgan.
Shahnoza Mirziyoyeva Parij shahrida Diyora Keldiyorova bilan uchrashib, uni tarixiy g‘alabasi bilan shaxsan tabriklagan.
Shuningdek, o‘zbekistonlik Olimpiada g‘olibiga Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda ayollarga nisbatan uchraydigan zo‘ravonlik va haqsizlikka qarshi qaratilgan loyihalarni birgalikda amalga oshirishni ham taklif qilgan.
"Diyora birgalikda amalga oshiradigan loyihalarning YuZI va ishtirokchisi bo‘lish haqidagi taklifimni mamnuniyat bilan qabul qildi”, – dedi Sh.Mirziyoyeva.