Kattaqo‘rg‘onlik fermerlar Xitoy safaridan nima o‘rgandi?
Kattaqo‘rg‘on tumani fermer xo‘jaliklari raislari qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i boshchiligida Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur Avtonom rayoniga safar qilishdi. Maqsad – paxtachilikda hosildorlikni oshirish va zamonaviy agrotexnologiyalarni o‘rganish orqali paxta yetishtirishni yanada samarali qilish.
Fermerlar Xitoyning ilg‘or agrotexnologiyalari, jumladan, urug‘chilik tizimida bozor mexanizmlarini joriy etish, sug‘orish va oziqlantirishning zamonaviy usullari bilan tanishdilar. Ularga sohadagi ilmiy-innovatsion yondashuvlar, hashoratlarga qarshi kurashda dronlardan foydalanish va tomchilatib sug‘orish tizimidagi yangiliklar taqdim etildi.
Bu tajriba Kattaqo‘rg‘on fermerlari uchun agrar sohani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, paxtachilikda hosildorlikni oshirish va zamonaviy innovatsiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan.