Loqayd va e’tiborsiz fuqaroga jarima qo‘llanildi

Toyloq tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi nazorat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reyd kuzatuvlari jarayonida Davlatobod mahallasida yashovchi fuqaro I.X.ning kundalik turmushda hosil bo‘lgan turli maishiy va qurilish chiqindilarni hamda o‘simlik qoldiqlarini yoqib yuborishi oqibatida "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonunning 20-moddasi, "Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonunning 4-moddasi talablarini qo‘pol ravishda buzganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzar fuqaro I.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 88-moddasining 1-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 223 000 so‘m jarima qo‘llanildi.

Samarqand viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.