Mahallada xotin-qizlarning oilaviy qadriyatlarga munosabati yuqorimi?
Ishtixon tumanida Qo‘shrabot, Ishtixon, Oqdaryo va Payariq tumanlarining mahalla xotin-qizlar faollari uchun o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Bugun oilalar bilan ishlashda mutasaddilar bir nechta yo‘nalishda chuqur bilim va dunyoqarashga ega bo‘lishi talab etilmoqda. Xo‘sh, ular oilalar bilan ishlashda qaysi masalalarga ko‘proq e’tibor qaratishi lozim?
O‘quv seminarda "Oila institutini mustahkamlashda milliy qadriyatlarni o‘ziga xos xususiyatlari, yoshlarga oilaviy qadriyatlarni singdirish metodlari", "Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ish yuritish tartib-tamoiyillari", "Gender tenglikning ta’minlashning o‘ziga xos tamoyillari" kabi mavzularda respublikamizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ma’ruzalari tinglandi. Shuningdek, seminar davomida oilaviy ajrimlarni paydo bo‘lishning ilmiy aspektlari, notinch oilalar bilan ishlashning ijtimoiy-psixologik jihatlari va metodikalari, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga psixologik yordam ko‘rsatish masalalar muhokamasi o‘tkazildi.
Viloyati hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zebiniso Rahmonova mahallalardagi xotin-qizlar faollarining mahalladagi o‘rni, tumanlardagi jinoyatchiliklarning turlari, erta tug‘ruqni oldini olish, yoshlarga jiddiy e’tibor, ajrimlar, yarashtirish masalalari, qaynonalar bilan ishlash, migratsiyadagilar bilan ishlashga e’tiborini qaratib, faollarga topshiriqlar berdi.