Mangu yoshlik: O‘smirga o‘xshagan erkakqarimaslik yo‘lini topdi
Kim ham har doim yosh, sog‘lom va chiroyli bo‘lishniorzu qilmaydi? Dunyoda bunday odam yo‘q bo‘lsakerak. Afsuski, vaqt muqarrar ravishda oldingasiljib, hayot sandig‘imizga yillarni qo‘shib boradi. AQShning Detroyt shahrida yashovchiBrendon Maylz Mey esa mo‘’jizaviy tarzda unga16-18 yoshli o‘smirdan kattaroq ko‘rinmaslikimkoniyatini bergan qarish jarayoninito‘xtatuvchi yo‘lni topa oldi.
Dastlab erkakning g‘ayrioddiy tarzda yoshko‘rinishi bilan qiziqqan tarmoq foydalanuvchilari va jurnalistlar uning haqiqiy yoshini bilib olganida, ishonishmadi. Ma’lumotlar tekshiruvi hamma narsani o‘z joyiga qo‘ydi. Ular yoshlikning barcha sehrli sirlarini bilishni istab, Brendonni so‘roqqa tutdi.Hammani hayratda qoldirib, uning javoblarinihoyatda sodda bo‘lib chiqdi.
Brendon tibbiy yozuvchi bo‘lib ishlaydi (Tibbiy yozuvchining asosiy vazifasi - ma’lum bir odamlar doirasiga klinik va ilmiy ma’lumotlarni birlashtirib, ularni to‘g‘ri taqdim etish qobiliyati). Kasbi ham ma’lum darajada unga tashqi ko‘rinishini yaxshi saqlashda yordam beradi. U kelishgan, sog‘lom, terisida ajinlari yo‘q yosh yigitga o‘xshaydi.
Yigit o‘zining mangu yoshlik sirlari bilan bajonidil bo‘lishadi, uning ta’kidlashicha, bu yerda hech qanday g‘ayrioddiy narsa yo‘q. Gap hattogenetikada ham emas, u molekulyar biologiya sohasidagi tadqiqotlar - biohaking bilan shug‘ulanishi bois bunday ko‘rinishga ega bo‘lsa bo‘lsa, ajabmas. Biohakerlar “biologiyadagi innovasiyalar hamma uchun oson, arzon va ochiq bo‘lishi kerak”, deb hisoblashadi.
Erkak spirtli ichimlikdan butunlay voz kechganini tan oladi. U sabzavot, meva va baliqlardan tashkil topgan parhez tutishga alohida e’tibor qaratadi. Brendon 19 yoshida o‘z ratsionidan shakar, donmahsulotlari va uglevodlarni chiqarib tashlagan. Bunday “toza” menyu unga o‘zini 10 yil avvalgidek yaxshi his qilish imkonini bermoqda.
Brendonning yana bir siri - minimal jismoniy faollik bo‘lib, yozuvchi o‘z tanasini mashaqqatli mashg‘ulotlarga bo‘ysundirmaydi. Yigit haddan tashqari stress tananing qaritib qo‘yishiga amin.Jussani saqlab qolish uchun unga ozgina mashq, yoga va sayr qilish yetarli. Brendon masofadan turib ishlaydi, bu esa unga ham bo‘sh vaqt va ham jismoniy faollikni kerakli darajada saqlab turish imkonini beradi.
Detroytlik yozuvchi yoshlikni saqlab qolish uchun faqat sog‘lom odatlarga amal qilishning o‘zi yetarli emasligi haqida gapiradi.
35 yoshli Brendonning fikricha, nafaqatovqatlanishi va sog‘lom odatlar, balki hayotga bo‘lgan ijobiy ruhiy munosabat uning yoshko‘rinishiga katta hissa qo‘shadi. Uning aytishicha, u o‘ziga vaqt ajratish orqali kelajagini belgilaydi. Uning hayotdagi yagona maqsadi - abadiy yashash emas, balki sog‘lig‘ini iloji boricha uzoqroq saqlab qolishdir.
Bahora tayyorladi.