Missionerlik va prozelitizm nima?
Missionerlik – biror dinga e’tiqod qiluvchilar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilish yo‘li bilan jamiyatda tarofdorlar sonini ko‘paytirishni maqsad qilgan oqim. Ular shu orqali kishilar o‘rtasida o‘z e’tiqodiga shubha uyg‘otib, ishonch va e’tiqodidan voz kechishga olib keladi.
Shuningdek, missionerlikning eng yuqori cho‘qqisi – prozelitizm bo‘lib, biron-bir dinga ishongan kishini o‘z dinidan majburan voz kechishi va o‘zga dinni qabul qilishiga majburlashdir. U o‘z mohiyatiga ko‘ra missionerlikning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bularning bari yurt tinchligini buzish, inson halovatini yo‘qotishga qaratilgan g‘arazli maqsadlardir.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti akademik litseyida “Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz” mavzusidagi tadbirda shular xususida so‘z yuritildi.
Unda Samarqand shahridagi “Domla Kamoliddin” jome masjidi imom-xatibi I.Abdusalomov, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti katta o‘qituvchisi A.Ziyatova, “Samarqand kitob olami” ma’naviy-ma’rifiy majmuasi direktori X.Nurillayevlar yoshlarga missionerlik va prozelitizmning salbiy oqibatlari haqida so‘zlab berdilar.