Murojaatchining shikoyati nega e’tiborsiz qoldirilyapti?

Samarqand shahridagi Dahbed ko‘chasida yashovchi Murtazo Istamov joriy yilning fevral oyidan buyon tahririyatimizga viloyat narkologiya dispanseridan shikoyat qiladi.

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli moddasi bo‘yicha masala vakolatimiz doirasiga kirmaganligi uchun hamda murojaatchining yashash hududini inobatga olgan holda M.Istamov shikoyati yuzasidan shu yil 17 fevral sanasi bilan Samarqand shahar prokurori nomiga xat yo‘llagandik.

Xatimizda shikoyatni o‘rganib, murojaatchiga asoslantirilgan tushuncha berish choralarini ko‘rish so‘ralgan bo‘lsa-da, afsuski, shahar prokuraturasidan hanuzgacha javob olishning imkoni bo‘lmayapti.

Qonun ijrosini nazorat qiluvchilar o‘z mas’uliyati va vazifasiga shunday yondashadimi?