Oqdaryo tumani hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari o‘zgardi
- 16.06.2020 11:30
- 1123
- Samarqand
Ushbu lavozimda Islom Usmonovich Narzullayev ish boshlagan.
2008 yil Samarqand davlat universitetining iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan I.Narzullayev bungacha Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi Davlat xizmatlari markazlari faoliyati ustidan nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlagan.
U shuningdek, bir muddat viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kotibiyati tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.