Payariq tumani hokimi o‘zgardi

Bugun xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboyev ishtirok etgan sessiyada 2023 yil avgust oyidan buyon tumanga rahbarlik qilib kelgan Isroil Jabborov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi.

Shu paytgacha viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan Xudoyberdiyev Shunqor Farmonovich Payariq tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Sh.Xudoyberdiyev bundan avval Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Past Darg‘om tumani hokimi bo‘lgan.