Qishloqlarda 4338 milliard so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi
Jami xizmat turlariga nisbatan yuqori bo‘lgan aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlarda savdo xizmatlari hajmi (927,2 ming so‘m), transport xizmatlari (821,9 ming so‘m) va moliyaviy xizmatlarga (409,9 ming so‘m) to‘g‘ri kelmoqda.
Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmida moliyaviy xizmatlar (149,1 foiz), me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar (108,5 foiz) hamda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (106,9 foiz) yuqori bo‘ldi.
Qishloq joylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 4338,7 milliard so‘m yoki umumiy ko‘rsatilgan xizmatlarning 35,4 foiz (2018 yilga nisbatan o‘sish sur’ati 108,5 foiz)ni tashkil qildi.