Rossiya Federatsiyasi moliya vazirligi Samarqandda

Rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Rossiya federatsiyasi Moliya vazirligining Ilmiy tadqiqot moliya instituti (NIFI) delegatsiyasi bugun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mas’ul xodimlari hamrohligida Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar Bulung‘ur tumanida bo‘lib, hududda moliya ishlari, shuningdek, moliyalashtirilgan loyihalar bilan tanishdi. Shundan so‘ng tuman deputatlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirokida “Tashabbusli byudjet jarayonini rivojlantirish” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Rossiya Federatsiyasi moliya vazirligining Ilmiy tadqiqot moliya instituti rahbari Vladimir Vadim O‘zbekiston Respublikasi Moliya tizimida olib borilayotgan ijobiy o‘zgarishlar haqida to‘xtalib, tashabbusli byudjet jarayonini rivojlantirish bo‘yicha o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘quv-seminar qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi.

Samarqand viloyati moliya bosh boshqarmasi axborot xizmati.