Samarqand davlat pedagogika institutida «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazildi
Samarqand davlat pedagogika institutida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda «Ochiq eshiklar kuni» tashkil etildi. Unda viloyatdagi umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari va akademik litsey bitiruvchilari ishtirok etdi.
Tadbirda institut prorektori N.Musulmonov bo‘lajak talabalarga bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari, zamonaviy onlayn auditoriyalar, axborot-resurs markazi hamda talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berdi.
Abituriyentlar uchun o‘qishga kirish tartibi, hujjat topshirish talablari va baholash mezonlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javoblar oldilar.
“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bitiruvchi yoshlarni oliy ta’lim yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishtirish va ularga kasb tanlashida muhim ahamiyat kasb etdi.