Samarqand shahri "millionlik shahar" sifatida rivojlantiriladi

Urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish va "millionlik shahar"ga aylantirish bo‘yicha ishlar boshlangan.

Bundan tashqari, Kattaqo‘rg‘on shahri hududi ham kengaytiriladi.

Davlat rahbarining "Samarqand viloyatida investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida ishlar boshlangani ma’lumot uchun qabul qilingan.

Samarqand shahrini "millionlik shahar" sifatida rivojlantirishga qo‘yiladigan asosiy talablar va ishchi guruh tarkibi tasdiqlangan.

Qarorda, shuningdek, Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlarining hududlarini kengaytirish, aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, zamonaviy turarjoy massivlarini barpo qilish hakidagi takliflar ma’qullangan.

Vazirlar Mahkamasi ikki shahar hududini kengaytirish uchun Oqdaryo, Samarqand, Past Darg‘om, Toyloq Kattaqo‘rg‘on va Nurobod tumanlarining chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida Oliy Majlis palatalariga taklif kiritishi belgilangan.