Samarqand shahrida qadimiy artefakt topilgani aytilmoqda
Kecha, 2 noyabr kuni Samarqand shahridagi Aeroport yaqinidagi “snos”ga tushgan hududda qazish ishlari vaqtida qadimiy toshlar topilgani haqda suratlar tarqaldi.
Jumladan, bloger Farukh Samarkandi hududdan olingan deb taxmin qilinayotgan suratlarni e’lon qildi.
Tarmoqda mazkur toshlar bo‘yicha turli taxminlar bildirilmoqda. Tosh Temuriylar davriga oid deguvchilar ham, 200 yillik tarixga ega deguvchilar ham bor.
Shahar hokimligi axborot xizmati tez orada holatga oydinlik kiritilishini bildirdi. O‘z navbatida zarnews mazkur suratlarni soha mutaxassislariga taqdim etdi.
Hozircha mazkur xabarlar bo‘yicha biror bir rasmiy tashkilot aniq ma’lumot e’lon qilgan emas.
Mutasaddilardan holatga izoh kutib qolamiz.