Samarqand shahridagi Registon ansamblida «Ichki turizm yarmarkasi» bo‘lib o‘tadi

Shu yil 28 mart kuni o‘tkaziladigan mazkur yarmarkada ichki turizm sohasida faoliyat yurituvchi turoperatorlar, turagentlar, joylashtirish vositalari (mehmonxona, hostel, mehmon uyi) va boshqa turizm sohasi vakillari ishtirok etadi.

Viloyat turizm boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan yarmarka davomida ishtirokchilar ichki turizm sohasida yangi hamkorlar bilan kelishuvlarga erishish, respublikamiz hududlaridan tkelgan tadbirkorlik sub’yektlari bilan davra suhbatlari, ko‘ngilochar dasturlar, Samarqand viloyatining diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishi mumkin.

Yarmarkada ishtirok etish bepul.