Samarqand Xalqaro turizm akademiyasi oktyabr oyida faoliyat boshlaydi
2023 yil 16-20 oktyabr kunlari Samarqandda o‘tkazilgan BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi doirasida Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasi tashkil etilgan edi.
Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) bilan hamkorlikda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzurida tashkil etilgan Xalqaro turizm akademiyasi joriy yilning oktyabr oyida faoliyat boshlaydi.
Bu haqda viloyat turizm boshqarmasi tomonidan "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil" dasturi doirasida yangi turizm ob’yektlariga tashkil etilgan info-turda Xalqaro turizm akademiyasi direktori vazifasini bajaruvchi Akmaljon Odilov ma’lum qildi.