Samarqandda boqilayotgan otlarning umumiy soni 26,5 mingdan oshdi

2020 yilning 1 oktyabr holatiga Samarqand viloyatida boqilayotgan otlarning umumiy bosh soni 26572 taga yetdi.

2019 yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda otlar bosh soni  575 taga (2,2 foiz) ko‘paydi. 2020 yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, otlarning bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda jami otlarning 86,9 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Tumanlar kesimida oladigan bo‘linsa, Qo‘shrabotda 5848, Nurobodda 3085, Past Darg‘omda 3010, Urgutda 2953, Oqdayorda 1722, Payariqda 1646, Kattaqo‘rg‘onda 1522, Ishtixonda 1480, Bulung‘urda 1331, Jomboyda 931, Samarqandda 674, Paxtachida 652, Toyloqda 645, Narpayda 527, Kattaqo‘rg‘on shahrida 474, Samarqand shahrida 54 ta ot boqilmoqda.

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati.