Samarqandda sayyohlikning yangi xizmat yo‘nalishlari tashkil etiladi

Urgut tumanining Omonqo‘ton va Qoratepa mahallalarida 50 gektar hamda Samarqand tumanining Ohalik, Oqbo‘yro va Mironko‘l mahallalarida 350 gektarda yirik turizm loyihalarini amalga oshirish ishlari boshlandi.
Bu haqda viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi sho‘’ba boshlig‘i Davron Rasulov ma’ulum qildi.
Urgutda Omonqo‘ton, Nurobodda Nurbuloq va Oqsoy, Qo‘shrabotda Pangat, Samarqand tumanida Yangijoy va Samarqand shahrida Go‘ri Amir mahallalarida “Turizm qishlog‘i” tashkil etiladi va 7 ta yo‘nalishda turizm xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi. Qiymati 2,1 trillion so‘mlik 30 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 3 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.
Jumladan, 10 ta 1100 o‘rinli zamonaviy mehmonxona qurilib, mehmonxonalarning jami quvvati 20 mingga yetkaziladi. Misol uchun, Payariq tumani Xo‘ja Ismoil mahallasida “Enter Yengineering” MChJ tomonidan qiymati 2 trillion so‘mlik ziyorat turizm markazi va
8 ta mehmonxona foydalanishga topshirilib, 1200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
2 ta sanatoriy va sog‘lomlashtirish markazi, 3 ta yirik savdo va ko‘ngilochar maskanlari va 15 ta boshqa turizm loyihalari amalga oshiriladi. 2,5 million xorijiy turist jalb etilib, ularning viloyatda qolish kunlari 2,7 kundan 3 kunga yetkaziladi. Turizm xizmatlari eksportini 600 million dollarga yetkazish choralari ko‘riladi. (2024 yilda 538 million dollar bo‘lgan). Samarqand xalqaro aeroportida aviaqatnovlar soni haftasiga 50 tadan 120 taga yetkaziladi. Masalan, BAAning Dubay shahridagi “Flaydubai” aviakompaniyasi tomonidan dastlab haftasiga 2 marta, keyinchalik haftasiga 5 marta aviareyslar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.