Samarqandning fidoyi va mard o‘g‘lonlari taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, o‘zining bilim va qobiliyati, intiluvchanligi, tashabbuskorligi va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi va mard o‘g‘lonlar «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Ular orasida Samarqanddan quyidagilar bor:
Elbekov Shohzodbek Elbek o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism otryad komandiri
Xudoyberdiyev Dilshodjon Rayimberdi o‘g‘li - viloyat suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining akademik eshkak eshish bo‘limi sportchisi.