Senat «Turizm to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi. Xo‘sh, endi nima o‘zgaradi?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisida yangi tahrirdagi «Turizm to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
Avvalo, mazkur qonun bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi turizm sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Shuningdek, qonunda turizm sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, turizmning shakllari va turlari, turistik industriyasi va undagi xizmatlar turlari, turistik zonalar va turistik klasterlar, turizm sohasidagi faoliyatni amalga oshirish shartlari, turistik mahsulotni shakllantirish, targ‘ib etish va realizatsiya qilishning xususiyatlari, shuningdek, turizm sohasi sub’yektlarining huquq va majburiyatlari nazarda tutilmoqda.
Ushbu qonun turistik xizmat ko‘rsatish, faoliyat ko‘rsatishga doir huquqiy va institutsional bazasini shakllantirish, milliy turizm mahsulotini ichki va jahon bozorida targ‘ib qilish, sayyohlik industriyasini rivojlantirish qulay shart-sharoitlarni shakllantirishni maqsad qilgan.