Sessiyaga taklifingiz bormi?

Hurmatli saylovchilar!
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining o‘n ikkinchi sessiyasida quyidagi masalalar ko‘rilishi kutilmoqda:

1. Viloyat prokurori (2-sektor rahbari)ning xududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi borasida olib borilayotgan ishlari to‘g‘risida.

2. Viloyat prokuraturasining 2020 yil 6 oyi davomida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyati to‘g‘risida.

3. Viloyat adliya boshqarmasi faoliyatining 2020 yil birinchi yarim yillik yakunlari to‘g‘risida.
4. Viloyatdagi qurilish ishlaridagi haqiqiy holat to‘g‘risida Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari A.Shukurovning viloyat Kengashi so‘rovi yuzasidan axboroti.

Sizda mazkur masalalar bo‘yicha savol, taklif yoki mulohazalar bo‘lsa, sessiyani tayyorlovchi ishchi guruhining (66) 230-42-86, (97) 925 47 00 (telegram) raqamli telefonlariga qo‘ng‘iroq qilish orqali bildirishingiz mumkin.