Sudya va huquq idorasi xodimlari “Zakovat”da bellashdi

Samarqand viloyati sudida yangi Konstitutsiya mazmun-mohiyati va huquqiy bilimlarni mustahkamlashga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Bellashuvda viloyat sudi, viloyat ma’muriy sudi, jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudlari, Samarqand shahar iqtisodiy sudi va Milliy gvardiya viloyat bo‘limi jamoalari bellashdilar.

Ishtirokchilarga ikkita bo‘limda qiziqarli, mantiqiy, aniq dalillarga asoslangan savollar berildi.

Har bir savolning javobi uchun bir daqiqadan vaqt ajratildi. Intellektual o‘yin qatnashchilarining topqirligi shaffof va xolis baholab borildi. 

Qiziqarli lahzalarga boy bo‘lgan bellashuvda faxrli birinchi o‘rinni Samarqand viloyat sudining “Femida” jamoasi egalladi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinni viloyat ma’muriy sudi va jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi jamoalari qo‘lga kiritdi.

Tadbir yakunida barcha jamoalarning munosib ishtiroki e’tirof etildi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Samarqand viloyat sudi jamoatchilak va OAV bilan aloqalar bo‘limi.