Suvga munosabat shumi?
Bugun erta tongdan viloyatimiz bo‘ylab «Suvni asrang!» aksiyasi boshlanib ketdi. O‘z nomi bilan suvni tejash va isrof qilmaslikka bag‘ishlangan kunda Samarqand shahridagi 39-maktabgacha ta’lim muassasasi qarshisida mana bu akamizning (suratda) qilayotgan ishi fotomuxbirimizning e’tiborini tortdi.
Rezina shlang orqali ichimlik suvi bilan yo‘l chetidagi maysazorni sug‘orayotgan bu kishi shu «harakati» tufayli o‘nlab fuqarolarga suv yetib bormayotganini, obihayot isrof bo‘layotganini nahotki fahmlamasa...
Baxtiyor MUSTANOV olgan surat.