Tanishing: yangi kotibiyat mudiri
- 24.09.2019 14:58
- 965
- Samarqand

Avvalroq, joriy yilning 9 sentyabr kuni viloyat hokimligida o‘tkazilgan apparat yig‘ilishida qurilish masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari kotibiyati mudiri Jo‘rabek Qarjavov ishdan olinganini xabar qilgandik.
Bu lavozimda ayni paytda Erkinxon Safoxonovich Vafoxo‘jayev faoliyat olib bormoqda.
E.Vafoxo‘jayev 1970 yilda tug‘ilgan. Shu paytgacha “O‘zbekiston dori-ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida ishlagan.
Bu bilan viloyat hokimligida Toshkentdan kelgan kotibiyat mudirlari ikkita bo‘ldi. Oldinroq yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha hokim o‘rinbosarining kotibiyat mudiri ham poytaxtdan kelgan edi.
Teglar:
tayinlov
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ayol muhabbatdan iborat
- 3 soat avval
- Mutolaa
"Oyoqqa turib olay..."
- Kecha, 17:56
- Mutolaa