Tepaqul mahallasining eng keksa kishisi vafot etdi
103 yoshli mehnat faxriysi Rahmon bobo Abilov Nurobod tumanining eng e’zozli insoni edi.
Bobo Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, yigitlik davrini jang maydonlarida o‘tkazgan, safdoshlari qatorida jangu-jadallarda jasorat namunalarini ko‘rsatgan sadoqatli farzand edi.
Rahmon Abilov 1921 yil Nurobod tumanining tog‘li Tepaqul mahallasi Eyrig‘ul qishlog‘ida tavallud topdi.
Urushdan qaytgach, qishloqda o‘zi 9-umumta’lim maktabini tashkil etib, bu yerda bolalarni 4-sinfgacha o‘qitishni boshlagan. Otaxondan uzoq umr ko‘rish siri so‘ralganda: «Amali to‘g‘ri va adolatli insonlarga o‘lim yo‘q ekan», deya javob qaytargan edi.