“Ulug‘imsan, Vatanim!” qo‘shig‘i surdo tilida ijro etildi

Kecha Samarqand shahridagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (kar va zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 61-maktab-internatida "Tilga e’tibor - elga e’tibor” haftaligi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda mazkur muassasada ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchilar ona tilimizni asrash, uni ulug‘lash va rivojlantirishga qaratilgan mavzulardagi sahna ko‘rinishlari, she’rlar va qo‘shiqlarni surdo tilida, imo-ishoralar bilan ijro etdi.

Ayniqsa, maktabning iste’dodli o‘quvchilari jamoasi tomonidan “Ulug‘imsan, Vatanim!” qo‘shig‘ini surdo tilida ijro etilishi tadbirga fayz kiritdi.

Yana bir jajji iste’dodli qizaloq Mohichehra Ismoilova ona tilimizga bag‘ishlangan she’rni yoddan imo-ishora bilan ijro etib berishi ko‘pchilikning e’tiborin tortdi.

Tadbirda o‘quvchilarning adabiyot fanidan olgan bilimlarini sinash maqsadida viktorinalar ham tashkil etildi.

To‘lqin SIDDIQOV,

Baxtiyor MUSTANOV.