Urgut tumani hokimi o‘zgardi

Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etdi va Urgut tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, erishilgan natijalarga to‘xtaldi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Botir Jabborov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Urgut tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.
Viloyat rahbari Sayidqulov Dilmurod Bastamovich nomzodini Urgut tumani hokimi etib tayinlash taklifini bildirdi. Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Dilmurod Sayidqulov tayinlovga qadar viloyat prokurori o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Adiz Boboyev yangi hokimga tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi hamda faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.