Uy-joy o‘z vaqtida qurilmagach, 4 nafar iste’molchining puli qaytarildi
Samarqand shahrida uy-joy xarid qilish uchun 4 kishi qurilish korxonasi bilan shartnoma tuzib, boshlang‘ich pullarni to‘lagan. Uy esa o‘z vaqtida topshirilmagan. Pulni qaytarish uchun qurilish korxonasiga qilingan murojaat e’tiborsiz qoldirilgan.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan ushbu iste’molchilarning o‘rganib chiqilgan va ijobiy hal etilgan.
Boshqarma bosh mutaxassisi Sherzod Salohiddinovga ko‘ra, murojaatlarda fuqarolar uy-joy sotib olish uchun “A.B” MChJ bilan shartnoma imzolagan. Boshlang‘ich badal va tasdiqlangan to‘lovga asosan pul mablag‘larini to‘laganliklarini bildirgan. Bugungi kundagi holat shartnoma shartlariga muvofiq emasligi ya’ni belgilangan muddatda uy topshirilmagani oqibatida fuqarolar shartnomani bekor qilish to‘g‘risda “A.B” MChJga murojaat qilgan. Ammo yuqorida aytilganidek, natija bo‘lmagan.
O‘rganish ishlari natijasida, hududiy boshqarma tomonidan mavjud holat to‘liq tahlil qilinib, fuqarolarning ko‘p qavatli uy xarid qilish uchun tuzilgan shartnomalari bekor qilingan hamda “A.B” MChJga to‘langan 4 ta fuqaroning jami 532 mln 685 ming so‘m pul mablag‘i iste’molchilarga qaytarilgan.