“Vaqf” shifoxonada davolanayotgan bolajonlar hadya tarqatdi
Xalqimiz farzandsevar xalq. Bolalar hayotimiz mazmuni, eng go‘zal, quvonchli va eng muhim qismidir.
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bolalar uchun eng quvonchli bayramlardan biri. Ushbu sana munosabati bilan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
- Ushbu tadbirda markazimizda davolanayotgan 400 ga yaqin bemor qatnashdi, - deydi nevrologiya bo‘limi mudiri Dilnoza Sobirova. - Bu ko‘ngilochar bayram bemor bolajonlarimizni ruhlantirib, sog‘ayishlariga yordam beradi, albatta.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi viloyat filiali tomonidan bayram munosabati bilan shifoxonada daolanayotgan 100 nafar bolaga hadyalar topshirildi.
Tadbir davomida san’atkorlarning chiqishi, ko‘ngilochar tomoshalar bolalarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. O‘zlariga ko‘rsatilayotgan bunday e’tibordan bolajonlar xursand bo‘ldi.
Sulaymon Mardiyev.