Viloyat raqobat boshqarmasiga rahbar tayinlandi
- 27.11.2024 15:33
- 349
- Samarqand
Shu paytgacha ushbu boshqarmada Jahongir Ashurov boshliq vazifasini bajarib kelayotgan edi.
Bugun Toyirov Boboxon Shovqiddinovich Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Samarqand hududiy boshqarmasiga rahbar etib tayinlangan.
1993 yilda Paxtachi tumanida tug‘ilgan B.Toyirov 2015 yilda Samarqand davlat universitetini tugatgan.
Mehnat faoliyatini xususiy tadbirkor sifatida boshlab, 2016-2017 yillarda Paxtachi tumani hokimligida huquq-maslahatchi bo‘lib ishlagan.
2017-2020 yillarda esa voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Camarqand shahar idoralararo komissiyasi mas’ul kotibi, 2020-2023 yillarda Samarqand shahar hokimligi bosh yuriskonsulti bo‘lgan.
Tayinlovga qadar xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati bosh yuriskonsulti sifatida mehnat qilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda endi piyodalar ko‘payadimi?
- 2 soat avval
- Jamiyat
Viloyat raqobat boshqarmasiga rahbar tayinlandi
- 2 soat avval
- Samarqand