Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yangi yil bazmlaridan so‘ng tiklanish xususida diyetolog maslahati

Tibbiyot fanlari nomzodi, diyetolog, Sankt-Peterburg davlat universiteti tibbiyot fakulteti dotsenti Andrey Bobrovskiy «Sputnik» radiosiga bergan intervyusida Yangi yil ziyofatlaridan keyin organizmning tiklash usulini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, salomatlikni suv yaxshi tiklaydi. Bunda eruvchan vitamin va minerallar yetishmasligini to‘ldiruvchi ichimliklar ham samaralidir. Shuningdek, yangi siqilgan sharbatlar yaxshi. Ammo bunda oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq cheklovlarni hisobga olish kerak. Yana mineral suv ham organizmdagi toksin va yog‘larni yuvib chiqarishga yordam beradi.

Bundan tashqari, kefir, ayron va boshqa achitqili sut mahsulotlari yordam beradi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, tetiklanishga me’yordan chiqmagan holda kofein ham yordam beradi. Bodrovskiy an’anaviy «rassol» (marinadlangan bodring suvi) och-nahorga ichishni tavsiya qilmaydi.

Avvalroq rossiyalik diyetolog-vrach yangi yil bazmlarida ortiqcha vazn qo‘shmaslik uchun spirtli ichimlik va mayonezli salatlarni nazorat qilishni maslahat berdi.