Yoshlarimizga milliy liboslarimiz yarashadi

Samarqand shahar Damir Salimov nomidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida milliy an’ana va udumlar asosida “Milliy liboslar” ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda o‘quvchilar zamonaviy modalardan chekingan holda milliyligimizni aks ettiruvchi atlas, adras, beqasam, shoyi kabi matolardan tikilgan liboslardan ko‘rinish berib, o‘zligimizni yodga soldi.

Adras, atlas va beqasam, shoyilar qizlarni go‘zalligiga yanada ko‘rk qo‘shdi. Qizlarimizning boshidagi do‘ppilarni aytmasa ham bo‘ladi, ammo insoniyat rivojlangan sari bu uning liboslariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmayapti. Turli yirtiq-yamoq kiyimlar bizning asl matolarimiz o‘rnini egallab bormoqdaki, bundan ko‘z yumib bo‘lmaydi.

Tanlov davomida yoshlar milliy liboslarimizni ko‘rib, ularga nisbatan munosabati o‘zgardi. Kundalik liboslarida ham milliylikdan foydalanishini aytib o‘tildi.

Muhimi, buni o‘quvchi-yoshlar yaxshi qabul qildi va imkon qadar egniga milliylik ufurib turgan kiyimlar kiyishni odat qilishlarini aytishdi. Tanlovning yutug‘i ham shunda bo‘ldi.

Charos Abdullayeva,
Indira Hakimova.