“Zarafshon”ning muharrirlari
Birinchi soni chiqa boshlaganiga 110 yil to‘lgan “Zarafshon” gazetasi bag‘rida ne-ne ulug‘ zotlar ijod qilganini uning ko‘hna tarixidan yaxshi bilamiz. Ushbu gazeta dastlab 1913 yilning aprel oyida “Samarqand” nomi bilan chop etildi, keyinchalik “Hurriyat”, “Mehnatkashlar tovushi”, “Lenin yo‘li” nomlari bilan bosildi.
Gazetaning tamal toshini qo‘ygan jadid bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiydan tortib, Ikkinchi jahon urushi yillarida muharrir bo‘lgan, dunyo nazaridagi ulug‘ inson Sharof Rashidovgacha, urushdan keyingi mashaqqatli yillarda sarkorlik qilgan To‘lqin Rustamovdan tortib, mustaqillikning ilk yillarida zahmat va shijoat bilan ishlagan Mardi Nuriddinov, Xolmuhammad Nurullayevlarning aziz nomlari abadul-abad unutilmaydi.
Quyida ushbu tabarruk gazetaga muharrirlik qilgan ijodkorlar bilan tanishasiz: