Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi bo‘shab qolgan uchta o‘ringa saylov o‘tkaziladi

Viloyat saylov komissiyasining qaroriga ko‘ra, 24-Mitan, 35-Mirbozor, 50-Do‘stlik saylov okruglari bo‘yicha bo‘shab qolgan o‘rinlarga xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari tuzilgan.

Quyida okrug saylov komissiyalarining shaxsiy tarkibi bilan tanishishingiz mumkin.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga saylov o‘tkazuvchi viloyat saylov komissiyasi qarori

 24-MITAN, 35-MIRBOZOR, 50-DO‘STLIK SAYLOV OKRUGLARI BO‘YICHA BO‘SHAB QOLGAN O‘RINLARGA XALQ DEPUTATLARI SAMARQAND VILOYaT KENGAShI DEPUTATLIGIGA SAYLOV O‘TKAZUVChI OKRUG SAYLOV KOMISSIYaLARINI TUZISh VA ULARNING ShAXSIY TARKIBINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 21, 25-moddalariga, shuningdek, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tavsiyasiga muvofiq, xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi Samarqand viloyat saylov komissiyasi QAROR QILADI:

1. 24-Mitan, 35-Mirbozor, 50-Do‘stlik saylov okruglari bo‘yicha bo‘shab qolgan o‘rinlarga xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputatligiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari tuzilsin va ularning shaxsiy tarkibi quyidagi tartibda tasdiqlansin:

24-Mitan okrug  saylov komissiyasi

Ishtixon tuman 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi, Ishtixon tumani Mitan qo‘rg‘oni 1-uy

Rais

1

Shakarov Utkir Norboyevich

Ishtixon tumani 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori

Rais o‘rinbosari

2

Xo‘jayev Tursun Abdullayevich

Pensiyada

Kotibi

3

Usmonova Guljaxon Farxodovna

Ishtixon tumani 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kotibasi

A’zolari

4

Bozorov Obid Berdikulovich

Ishtixon tumani 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

5

Jalilov Ashurali Adxam o‘g‘li

Ishtixon tumani 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabi biologiya fani o‘qituvchisi

6

Abulqosimov Ergash

Pensiyada

7

Sadikova Anar Fayzullayevna

Pensiyada

8

Zagidulina Zaytuna

Pensiyada

9

Turaqulova Fatima Nuritdinovna

Ishtixon tumani 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabi matematika fani o‘qituvchisi

10

O‘roqov Olimxon O‘rolovich

Ishtixon tumani 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabi rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi

11

Xolmurodov Abdimannon Tairovich

Ishtixon tumani Mitan poliklinika stomatolog vrachi

2. Okrug saylov komissiyalari tarkibi, joylashgan manzili va ularning telefon raqamlari ko‘rsatilgan ma’lumotlar mahalliy matbuotda e’lon qilinsin.

 

Samarqand viloyati saylov

komissiya raisi                                                         S.Nuriyev

2020 yil “7” sentyabr

31-son.

Samarqand shahri.