Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasi Samarqandda bo‘lib o‘tmoqda

Ayni paytda Samarqand shahrida Xalqaro press klub tomonidan “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi: islohotlarning yangi bosqichi, muammolarning chuqur tahlili va tezkor yechimlar” mavzusida sayyor anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Samarqand shahridagi mavjud 8 ta oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, talabalar va ota-onalar qatnashmoqda.

Sessiya davomida oliy ta’lim tizimidagi islohotlar, muammolar va ularning yechimi borasidagi savollarga mutaxassislar tomonidan javob berilmoqda.

Saytimizni kuzatib boring, bu haqda batafsil xabar beramiz.