Yurtimizda oktyabr oyi qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zgidromet mutaxassislarining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning oktyabr oyida o‘rtacha harorat +1 ... + 1,5 darajaga past bo‘lishi kutilmoqda.

Oyning birinchi o‘n kunligida havo harorati kechasi +8 ... +13 daraja, kunduzi esa +20 ... + 25 daraja bo‘ladi.

Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda harorat kechasi +7 ... + 12 darajadan +2 ... + 7 darajagacha, kunduzi +20 ... + 25 darajadan +12 ... + 17 darajagacha o‘zgarib turadi.

"Joriy yilning oktyabr oyida yog‘ingarchilik o‘rtacha bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda esa odatdagidan ko‘proq", deyiladi xabarda.